Matbuot xizmati

Niyazova Munisa

Niyazova Munisa

Matbuot kotibi
m.niyazova@taqu.uz
09:00-17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9-uy

    Matbuot kotibi va Axborot xizmati faoliyati haqida:


    O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilikni tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlash maqsadida Axborot xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. PQ-61-son qaror ga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik bilan aloqalarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida matbuot kotibi lavozimi joriy etilgan hamda axborot xizmatlari tashkil etilgan. Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ham mazkur qaror asosida Axborot xizmati faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi universitet faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdan iborat.

    Axborot xizmatining asosiy vazifalari:


  • Universitet faoliyati haqida tezkor, xolis va to‘liq axborotlarni ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikka yetkazish;
  • Universitetda amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy va xalqaro hamkorlik faoliyatini keng yoritish;
  • Ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va matbuot anjumanlari, brifinglar tashkil etish;
  • Universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarini yuritish hamda yangilab borish;
  • Universitet rahbariyati faoliyati, muhim tadbirlar va yangiliklarni media makonda yoritib borish;
  • Jamoatchilik va OAVdan kelib tushadigan axborot so‘rovlariga belgilangan tartibda javob berish.

     Matbuot kotibining vazifalari:


    Matbuot kotibi universitet rahbariyatining axborot siyosatini amalga oshirish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda universitet faoliyatining ijobiy imijini shakllantirishga mas’ul hisoblanadi. Shuningdek, matbuot kotibi: universitet faoliyati yuzasidan rasmiy axborot va izohlar beradi; ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqani ta’minlaydi; universitet yangiliklarini rasmiy axborot kanallari orqali yoritib boradi.

Shuhratjonov O.A
Shuhratjonov O.A
Shuxratov F.Sh
Shuxratov F.Sh