Ta’lim sifati nazorati bo‘limi

Nurimbetov Ravshan Ibragimovich

Nurimbetov Ravshan Ibragimovich

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Boʼlimi boshlig'i
r.nurimbetov@taqu.uz
14:00 & 16:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 maydagi “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-76-son Farmoni 7-bandining (в) kichik bandiga muvofiq Ta’lim sifati nazorati bo‘limi sifatida qayta tashkil etilgan.

    Universitetning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i lavozimida 2017-2018 yillarda iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Hasanov Tohir Abdurashidovich, 2018-2019 yillarda  iqtisodiyot fanlari doktori, professor Saidov Mash’al Samadovich, 2019-2023 yillarda - PhD, dotsent Metyakubov Azamat Djumanazarovich, 2023-2024 yillarda dotsent Abduvaliev Zafar Maxmudovich faoliyat olib borganlar. 

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • ta’lim tashkilotida kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
  • talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalar fanlarni oʻzlashtirish darajasini oʻrganib borish va tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini ta’minlay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli professor-oʻqituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof, tashkiliy mexanizmlarni yaratish;
  • professor-oʻqituvchilar dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
  • ta’lim tashkilotida ichki baholashdan oʻtkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
  • oʻquv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida toʻgʻri tashkil etish;
  • malaka talabalari, oʻquv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos boʻlgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
  • bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi oʻrni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish;
  • oʻquv mashgʻulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganib borish;
  • dars oʻtish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini oʻrganib borish, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi boʻyicha koʻrilgan choralar samaradorligini aniqlash;
  • professor-oʻqituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini oʻrganish;
  • professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;
  • axborot-resurs markazida talaba, ilmiy izlanuvchi va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar boʻyicha darsliklarning mavjudligini oʻrganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;
  • mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini oʻrganish va tahlil qilish (yoʻriqnoma yoki uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qoʻyilishi va talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);
Mirzaxmedov Botir Xusniddinovich
Mirzaxmedov Botir Xusniddinovich

Bosh mutaxassis

b.mirzaxmedov@taqu.uz

Toshov Istamjon Ilhomjon o‘g‘li
Toshov Istamjon Ilhomjon o‘g‘li

Bosh mutaxassis

i.toshov@taqu.uz