Ochiq dars
2025-yil 3-aprel kuni “O‘zbek tili va adabiyoti”
kafedrasi dotsenti Alimova Nigora Sunnatullayeva tomonidan 32-21 PT IK guruhida
“Kasbiy ta’lim metodikasi” fanidan “Kasb ta’limi muassasida tarbiyaviy ishlar
nazariyasi va amaliyoti” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Darsda “O‘zbek tili
va adabiyoti” hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedralari
professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ochiq dars interfaol metodlar –
“Keys-stadi”, “Nima uchun” sxemasi, “SWOT tahlil”, “Baliq skeleti” hamda
zamonaviy texnik vositalar yordamida yuqori saviyada tashkil etildi. Talabalar
tarqatma materiallar asosida amaliy mashg‘ulotlarni bajarib, faol ishtirok
etdilar. O‘qituvchi tomonidan mavzuga oid taqdimot namoyish etilib, darsning
samaradorligi ta’minlandi.