Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilar ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oʻrganish boʻyicha savolnoma

I. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar boʻyicha amalga oshirish:

a) oʻqishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi boʻyicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

ixtisoslik boʻyicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;

tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;

ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi boʻyicha maʼruza bilan ishtirok etganligi;

dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha maʼlumotning mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha maʼlumot natijalari boʻyicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) maʼruza qilganligi;

Respublikada tashkil etilgan anjumanlar, seminarlar va tadbirlarda ishtirok etganligi:

 Respublika ilmiy anjumanlari

 Xalqaro konferensiyalar

 Seminarlar / treninglar

 Davra suhbatlari / forumlar

 Ishtirok etmagan; 

dissertatsiya mavzusi boʻyicha yakka tartibdagi rejasining bajarilishi boʻyicha xar chorakda hisobot berganligi;

Dissertatsiya tayyorlik foizlari:

1-chorak (0–3 oy): Dastlabki nazariy materiallar to‘planganligi.

2-chorak (4–6 oy): Dissertatsiyaning kamida 20% tayyorligi (asosiy nazariy asoslar).

3-chorak (7–9 oy): Dissertatsiyaning kamida 30% tayyorligi (nazariy-metodologik qism shakllangan).

4-chorak (10–12 oy): Dissertatsiyaning kamida 40% tayyorligi (asosiy boblardan biri yakunlangan).

b) oʻqishning ikkinchi yilida:

tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;

dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan maʼruza tezisining mavjudligi;

tegishli xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi boʻyicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi ilmiy-tashkiliy boʻlinmasi (kafedra, laboratoriya, boʻlim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari boʻyicha (mustaqil) maʼruza bilan ishtirok etganligi;

dissertatsiya mavzusi boʻyicha yakka tartibdagi rejasining bajarilishi boʻyicha xar chorakda hisobot berganligi;

Dissertatsiya tayyorlik foizlari:

1-chorak: Dissertatsiyaning kamida 50% tayyorligi (tahlil va tadqiqot uslublari bayon etilgan).

2-chorak: Dissertatsiyaning kamida 60% tayyorligi (ilmiy natijalar tahlil qilingan).

3-chorak: Dissertatsiyaning kamida 75% tayyorligi (natijalarning tahliliy umumlashtirilishi).

4-chorak: Dissertatsiyaning kamida 85% tayyorligi (xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan).

v) oʻqishning uchinchi yilida:

jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda soni belgilangan talablarga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi ilmiy-tashkiliy boʻlinmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining koʻrib chiqilganligi va muhokama qilinganligi;

Malakaviy imtihonlarni (ixtisoslik va chet tili) topshirganlik haqida hujjatlar;

Dissertatsiya tayyorlik foizlari:

1-chorak: Dissertatsiyaning kamida 90% tayyorligi (tuzatishlar kiritilgan).

2-chorak: Dissertatsiya 100% tayyor va ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanganligi.

3-chorak: Dissertatsiya natijalari asosida kafedra ilmiy seminaridan o‘tkazganligi.

4-chorak: Himoyaga tavsiya etilganligi.

 

II. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi:

a) oʻqishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi boʻyicha yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilganligi;

dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tayyorligi;

dissertatsiya mavzusi boʻyicha tegishli jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi boʻyicha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar materiallarida kamida bitta maʼruza tezisi chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi boʻyicha ilmiy konferensiya yoki seminarda maʼruza qilganligi;

dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy sharhi;

dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy sharh natijalari boʻyicha seminarda soʻzga chiqqanligi;

Dissertatsiya tayyorlik foizlari:

1-chorak: Dissertatsiyaning kamida 10% tayyorligi (mavzu asoslangan, metodologiya ishlab chiqilgan).

2-chorak: Dissertatsiyaning kamida 20% tayyorligi (nazariy asoslar shakllantirilgan).

3-chorak: Dissertatsiyaning kamida 30% tayyorligi (asosiy ilmiy farazlar ilgari surilgan).

4-chorak: Dissertatsiyaning kamida 40% tayyorligi (birinchi va ikkinchi boblar yakunlangan).

b) oʻqishning ikkinchi yilida:

dissertatsiyaning uchinchi va toʻrtinchi boblari tayyorligi;

tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida toʻrtta ilmiy maqola eʼlon qilinganligi (jumladan bittasi xorijda);

dissertatsiya mavzusi boʻyicha xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta maʼruza tezisining mavjudligi;

dissertatsiya ishining dastlabki natijalari boʻyicha seminardan oʻtganligi;

konferensiya yoki seminarda maʼruza bilan qatnashganligi (kamida bir marta);

dissertatsiya mavzusi boʻyicha yakka tartibdagi rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisoboti;

Dissertatsiya tayyorlik foizlari:

1-chorak: Dissertatsiyaning kamida 50% tayyorligi (tahlil va tadqiqot natijalari mavjud).

2-chorak: Dissertatsiyaning kamida 60% tayyorligi (asosiy natijalar bayon etilgan).

3-chorak: Dissertatsiyaning kamida 75% tayyorligi (tahliliy umumlashtirish ishlari olib borilgan).

4-chorak: Dissertatsiyaning kamida 85% tayyorligi (natijalarning ilmiy jamoatchilik tomonidan muhokamasi o‘tkazilgan).

v) oʻqishning uchinchi yilida:

tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola eʼlon qilinganligi;

dissertatsiya natijalari boʻyicha (ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha) chop etilgan monografiyaning mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;

dissertatsiya yoki avtoreferatni ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasi ilmiy-tashkiliy boʻlinmalarida koʻrib chiqilganligi va muhokama etilganligi.

Dissertatsiya tayyorlik foizlari:

1-chorak: Dissertatsiyaning kamida 90% tayyorligi (oxirgi tuzatishlar kiritilgan).

2-chorak: Dissertatsiya 100% tayyor va ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlangan.

3-chorak: Dissertatsiya natijalari asosida kafedra ilmiy seminaridan o‘tkazganligi.

4-chorak: Himoyaga tavsiya etilganligi.