Ozarbayjonning Xazar universiteti tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy talabalarni qabul qilish va ularga stipendiyalar ajratish dasturlari e’lon qilgan

Ozarbayjonning Xazar universiteti tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy talabalarni qabul qilish va ularga stipendiyalar ajratish dasturlari e’lon qilgan

Ozarbayjonning Xazar universiteti tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy talabalarni qabul qilish va ularga stipendiyalar ajratish dasturlari e’lon qilgan.

Universitetning xalqaro stipendiya dasturi quyidagi ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

- “Nailexanim” jamg‘armasi talabalarning fuqaroligidan qat’iy nazar, magistratura yoki doktorantura bosqichida o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lgan talaba qizlar uchun to‘liq stipendiya (o‘qish to‘lovi, transport xarajatlari, oylik stipendiya) taklif etadi;

- yutuqlarga erishgan, o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan ajralib turadigan talabalar uchun stipendiya bakalavriat, magistratura, doktorantura va boshqa ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olishni hohlagan nomzodlarga taklif etiladi va bunda o‘qish uchun to‘lovning 25, 50 va 75 foizi qoplab beriladi.

2025-2026 Merit based scholarships