O'zbek tili va adabiyot kafedrasi tomonidan ochiq dars bo'lib o'tdi
2025 yil 26 mart kuni 28-24 QMr guruhida Qurilish
fakultetining 108-auditoriyasida “O’zbek tili” fanidan “Alisher Navoiy-so’z
mulkining sultoni. Grammatika. So’z turkumlari” mavzusida ochiq dars
o‘tkazildi. Ochiq darsda “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi
professor-o’qituvchilari dotsent kafedra mudiri N.A.Aripova, katta o’qituvchilar
O.G’G’ulomov,J.S.Dalakyan, Ch.A.Azimova, assistentlar G.Sh.Yuldasheva,
O.N.Fattoyeva, Sh.Q.Jo’rayev, M.A.Eshonov, F.Sh.Salayevlar ishtirok etishdi.
Ochiq dars yuqori saviyada tashkil etilgan bo’lib, talabalarga bajarishi uchun
kerakli tarqatma materiallar bilan ta’minlandi.Talabalar ishni amalda bajarib,
aniq natijalarga erishdilar. Ochiq darsda kompyuter, ekran, proektordan o’z
o’rnida foydalanildi va o‘qituvchi tomonidan “Alisher Navoiy-so’z mulkining
sultoni. Grammatika. So’z turkumlari” mavzusidagi prezentatsiya hamda
videolavha namoyish etildi. Ochiq dars jarayonida talabalar tomonidan mavzu
yaxshi o‘zlashtirilishi uchun to‘liq harakat qilindi. Har bir talaba Alisher
Navoiyning ruboiy va g’azallaridan aytib berishdi. Dars
jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi.