O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi “Best IP – 2025” tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi “Best IP – 2025” tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi aholining intellektual mulk haqidagi xabardorligini oshirish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual faoliyat natijalari egalarini rag‘batlantirish maqsadida “Best IP – 2025” eng yaxshi intellektual mulk obyektlari tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov nominatsiyalari:

Eng yaxshi ixtiro yoki foydali model

Eng yaxshi seleksiya yutug‘i

Eng yaxshi sanoat namunasi

Tanlovda 2022–2024-yillar davomida muhofaza hujjatiga ega va amalda saqlanib turgan intellektual mulk obyektlari ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblarni taqdirlash:

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarga Adliya vazirligining faxriy yorlig‘i hamda quyidagi miqdorda pul mukofoti beriladi:

1-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

2-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari

3-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari

Hujjatlarni topshirish muddati:

2025-yil 1-fevral – 1-aprel

Tanlovda qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

Ariza

Obyektni foydalanishga tayyorligi yoki undan foydalanish dalolatnomasi (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, litsenziya shartnomasi, tatbiq qilish dalolatnomasi va boshqalar)

Hujjatlarni jo‘natish manzili:

100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani

Telefon: 71-232-50-19

Elektron pochta: tanlov@ima.uz