“O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi
025-yil
14 mart kuni Muhandislik fakulteti 71-24
MT guruhida 3-bino 208 - xonada “O.zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan
“O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga
oshirilgan siyosiy islohotlar” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Talabalar
guruhlarga bo’linib O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlarning ijobiy jihatlari, olib borilayotgan islohotlarga to’siq
bo’layotgan unsurlar, mavjud muammolar va ularning yechimi bo’yicha o’z
mulohazalarini bildirdilar. Fuqarolik jamiyatini qurishda siyosiy
partiyalarning o’rni, Parlamentning qonunchilik faoliyati, Ijro hokimiyatining
vazifalari, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini qurishda
huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar haqida bahs-munozara
orqali olgan bilimlarini yanada
mustahkamladilar. Shuningdek,
dars jarayonida interfaol dars metodlardan unumli foydalanilib, dars yakunida
talabalarga topshiriqlar berildi. Dars jarayonida talabalarning barchasi faol
ishtirok etishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Ochiq
dars mazmunli va samarali o’tdi.