O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligiga bag‘ishlangan xalqaro media forum bo‘lib o‘tdi
3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan
joriy yilning 7-may kuni “Renessans” kino uyida “Birlashish nuqtasi: so‘z va
matbuot erkinligi — Uchinchi Renessans poydevori” mavzusida xalqaro media
forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro forumning asosiy maqsadi O‘zbekistonda so‘z
va matbuot erkinligini rivojlantirish, fuqarolarning axborot sohasidagi
konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, sohaga oid dolzarb masalalarni
muhokama qilish hamda so‘z erkinligining jamiyat va davlat taraqqiyotidagi
islohotlar jarayonidagi o‘rni va ahamiyatiga jamoatchilik e’tiborini
qaratishdan iborat bo‘ldi. Forumda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan
nufuzli jurnalistlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, soha
mutaxassislari va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti matbuot kotibi M.Niyazova ham faol
ishtirok etdi.