Qozog‘iston OTMlarida 2025/2026 o‘quv yili uchun ta’lim grantlari hujjatlarini topshirish tartibi
Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi
O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston OTMlarida o‘qish uchun 20 ta ta’lim
granti ajratadi:
- 14 ta – bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha
- 6
ta – magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
Grant nimani qoplaydi: faqat o‘qish to‘lovi. Yo‘l xarajatlari va yashash
–nomzod hisobidan.
Talablar:
- Bakalavriat uchun – attestatdagi o‘rtacha baho kamida
"B"
- Magistratura uchun – bakalavr diplomi bo‘yicha GPA
kamida 3.3 (4.0 baholash tizimida)
- Nomzod O‘zbekiston davlat OTM talabasi yoki akademik litsey o‘quvchisi bo‘lishi kerak
Hujjat topshirish muddati: 2025 yil 20 iyungacha, o‘qiyotgan OTMning xalqaro hamkorlik bo‘limi orqali.