Registrator ofisi

Qurbonov Elyorjon Shokirovich

Qurbonov Elyorjon Shokirovich

e.qurbonov@taqu.uz
+998 55 508 02 91
09:00 & 17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024-yil 9-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-q/q, 2-q/q-sonli qo‘shma qarori, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 48-q/q-son, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 21-2024-q/q-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi 205-son-qarori (ro‘yxat raqami 2859-4, 2024-yil 27-dekabr)da belgilangan vazifalar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 24-fevraldagi 73-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2025-yil 3-martdagi 76-son buyrug‘iga asosan “Registrator ofisi” bo‘limi tashkil etilgan.

    Registrator ofisi tashkil etilganidan hozirga kunga qadar Qurbonov Elyorjon Shokirovich rahbarlik faoliyatini olib bormoqda.

Bo'lim faoliyati

Xizmat ko‘rsatish (front office) bo‘limi

  • Talabalarga xizmat ko‘rsatish sektori bo‘yicha
  • Ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori bo‘yicha
  • Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori bo‘yicha
  • Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar
  • Buxgalteriya va marketing bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori bo‘yicha.


Ma’lumotlar bazasi (back office) bo‘limi

  • Statistik ma’lumotlarni yuritish sektori bo‘ycha
  • O‘quv jarayonini muvofiqlashtirish sektori bo‘yicha
  • Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori bo‘yicha.

 

Asosiy vazifalar

Akademik (o‘quv) faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

  • bitiruvchi talabalarga diplom shakllantirish;
  • talabalarga akademik ma’lumotnoma va transkript berish;
  • akademik mobillik asosida boshqa oliy ta’lim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
  • bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
  • diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;
  • imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
  • imtihonlar ro‘yxatini shakllantirish va talabalarga taqdim etish;
  • oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;
  • oliy ta’lim tashkilotlariga ikkinchi ta’limga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;
  • oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;
  • stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
  • talabalarga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumotnoma taqdim etish;
  • talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga o‘tkazish;
  • talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan dekan farmoyishi asosida tizimda shaxsiy grafik yaratish;
  • talabalarga qayta o‘qish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
  • talabalarga turli xil ma’lumotnoma (o‘qishjoyidan, harbiy bo‘limdan v.b.)lar berish;
  • talabalarga o‘quv varaqa taqdim etish;
  • talabalarni HEMIS axborot tizimidan keyingi kursga o‘tkazish;
  • talabalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot taqdim etish;
  • talabalarning tizimda login parol masalalriga yordam berish;
  • talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda o‘quv ma’lumotlarini tahrirlash;talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
  • tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib ro‘yxat shakllantirish;
  • o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
  • o‘quv dasturlari haqida ma’lumot berish;
  • o‘quv yuklamalarni shakllantirish;
  • qayta o‘qishni tashkil qilish;
  • dars jadvallarini yaratish;
  • akademik qarzdor talabalar to‘g‘risidagi tahlillar olib borish;
  • o‘quv rejalarni tizimda shakllantirish;
  • tanlov fanlarini tizimda shakllantirish va kafedralarga ma’lumot berish;


Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

  • talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
  • ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga ko‘maklashish.


Xalqaro aloqalar faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

  • talabalarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma berish;
  • turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish;
  • o‘qishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;
  • xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
  • xorijlik talabalarga to‘lov-shartnomalarini taqdim etish;
  • xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish;


Buxgalteriya va marketing bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

  • qayta o‘qish uchun berilgan arizani tizimda tasdiqlash va shartnoma berish;
  • stipendiya to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
  • talabalarga to‘lov-shartnomasi olish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
  • talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
  • talabaning qayta o‘qish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
  • talabaning to‘lov-shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish;
  • to‘lov-shartnoma summasi haqida ma’lumot berish;
  • bitiruvchi talabalarga bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni o‘tkazishga ko‘maklashish;


Ilmiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

  • grantlar va tanlovlar haqida ma’lumot berish;
  • ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot berish;
  • innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;
  • nomdor stipendiyalar haqida ma’lumot berish;
  • ilmiy loyihalar to‘g‘risida konsultatsiya berish;
  • ustoz-shogird maktabiga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish;
Maxanov Karim Soatovich
Maxanov Karim Soatovich

Registrator ofisi “ma’lumotlar bazasi” bo‘limi boshlig‘i

r.office@taqu.uz

Nurmatov Eliyor Alimovich
Nurmatov Eliyor Alimovich

Registrator ofisi “xizmat ko‘rsatish” bo‘limi boshlig‘i

r.office@taqu.uz

Melikulov G‘ayrat Abdug‘afforovich
Melikulov G‘ayrat Abdug‘afforovich

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Tulbayev Baxtiyor Bozorovich
Tulbayev Baxtiyor Bozorovich

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Matkaziyev Dilshod Aytpayevich
Matkaziyev Dilshod Aytpayevich

Registrar office manager

r.office@taqu.uz

Umarov Dilshod Azizovich
Umarov Dilshod Azizovich

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Raxmatullayeva Xurshida Alisher qizi
Raxmatullayeva Xurshida Alisher qizi

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Xabibullayeva Iroda Sunnatillayevna
Xabibullayeva Iroda Sunnatillayevna

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Kuldasheva Marguba Talibdjanovna
Kuldasheva Marguba Talibdjanovna

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Shamsiddinov Xusan Sherbo'tayevich
Shamsiddinov Xusan Sherbo'tayevich

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Xalilov Ravshan Ismatovich
Xalilov Ravshan Ismatovich

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Shaymardanova Shaxnoza Primqulovna
Shaymardanova Shaxnoza Primqulovna

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Shonazarov Zabihilla Ismat o‘g‘li
Shonazarov Zabihilla Ismat o‘g‘li

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Maxkamov Nurlan Ravshan o‘g‘li
Maxkamov Nurlan Ravshan o‘g‘li

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz

Blatsi Natalya Aleksandrovna
Blatsi Natalya Aleksandrovna

Registrator ofis menejeri

r.office@taqu.uz