Qurilishda axborot texnologiyalari kafedrasi

Fazilov Alisher

  • Lavozimi: Kafedra mudiri
  • Telefon:
  • Email:
  • Qabul vaqti: 14:00 & 16:00

Kafedradagi o‘qituvchilar


Asosiy shtatda:

  • Fazilov Alisher
  • Azimdjanova Muxayyo
  • Islamova Feruza
  • Kuchimov Ma’ruf
  • Raximov Nodir
  • Jo‘raev Shoxabbos
  • Kupaysinov Shavkat

Ichki o‘rindoshlar:

  • Qurbunov Elyorjon
  • Maxanov Karim


Kafedra faoliyati


1991-yili Toshkent arxitektura qurilish instituti tashkil etilgach “Informatika” kafedrasi tashkil etildi. 2017-yil 01-dekabrdan boshlab dotsent A.SH.Fazilov kafedrani boshqarib kelmoqda. 2024-yil iyun oyidan Universitet Kuzatuv Kengashi Qarori bilan kafedra “Qurilishda axborot texnologiyalari” nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan nomzodi dotsent, 3 nafar dotsentlar, 3 nafar katta o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

2024-yildan  kafedrada 60610300 – Kompyuter injiniring  hamda 60610500- Sun’iy intellekt yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedra jamoasi universitetda o’qitilayotgan talabalarga 5 ta fanlardan ta`lim berib kelmoqdalar. Kafedrada o’quv jarayonini zamonaviy darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta`minlash borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. So’nggi uch yilda fanlardan 4 ta darslik, 10 dan ortiq o’quv qo’llanmalar, 1 ta monografiyalar nashr etildi. 5 ta fanlardan o’quv uslubiy majmualar yaratilib o’quv jarayoniga joriy qilindi va elektron adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.

Kafedrada so’nggi uch yilda 1 ta PhD dissertasiyasi tayyorlandi va himoyaga 2025 bahorda chiqiladi. Hozirgi kunda professor-o’qituvchilardan 3 nafari  7 nafari nomzodli (PhD) dissertasiyalari ustida ilmiy izlanish olib bormoqdalar. So’nggi uch yilda kafedraning ilmiy-tаdqiqоt mаvzulаri bo’yicha yuzdan ortiq maqolalar chop etildi.

Kafedra olimlari davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan F2-FA-F027 raqamli “Tranzit tutilishlarning vaqt boʻyicha oʻzgarishini kuzatish yangi ekzosayyoralarni ochish usuli” granti mavzusida ilmiy izlanish ishlarini olib borilgan. Mazkur muammo bo’yicha ilmiy jurnallarda 5 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi va 3 dasturiy ta’minot uchun guvohnomalar olindi.