Bo'lim faoliyati
Xizmat ko‘rsatish (front office) bo‘limi
- Talabalarga xizmat ko‘rsatish sektori bo‘yicha
- Ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori bo‘yicha
- Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori
bo‘yicha
- Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan
xizmatlar
- Buxgalteriya va marketing bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori bo‘yicha.
Ma’lumotlar bazasi (back office) bo‘limi
- Statistik ma’lumotlarni yuritish sektori bo‘ycha
- O‘quv jarayonini muvofiqlashtirish sektori bo‘yicha
- Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori bo‘yicha.
Asosiy vazifalar
Akademik (o‘quv) faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:
- bitiruvchi talabalarga diplom shakllantirish;
- talabalarga akademik ma’lumotnoma va transkript berish;
- akademik mobillik asosida boshqa oliy ta’lim tashkilotiga ketgan
talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
- bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
- diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;
- imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil
qilish;
- imtihonlar ro‘yxatini shakllantirish va talabalarga taqdim etish;
- oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash
uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;
- oliy ta’lim tashkilotlariga ikkinchi ta’limga kirish uchun abituriyentlarga
onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;
- oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun
abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;
- stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul
qilish;
- talabalarga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumotnoma taqdim etish;
- talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga
o‘tkazish;
- talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining vafoti, tug‘ruq
holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar
uchun tegishli fanlardan dekan farmoyishi asosida tizimda shaxsiy grafik
yaratish;
- talabalarga qayta o‘qish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
- talabalarga turli xil ma’lumotnoma (o‘qishjoyidan, harbiy bo‘limdan
v.b.)lar berish;
- talabalarga o‘quv varaqa taqdim etish;
- talabalarni HEMIS axborot tizimidan keyingi kursga o‘tkazish;
- talabalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot taqdim etish;
- talabalarning tizimda login parol masalalriga yordam berish;
- talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda o‘quv
ma’lumotlarini tahrirlash;talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga
taqdim etish;
- tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi
talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib ro‘yxat
shakllantirish;
- o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda
qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
- o‘quv dasturlari haqida ma’lumot berish;
- o‘quv yuklamalarni shakllantirish;
- qayta o‘qishni tashkil qilish;
- dars jadvallarini yaratish;
- akademik qarzdor talabalar to‘g‘risidagi tahlillar olib borish;
- o‘quv rejalarni tizimda shakllantirish;
- tanlov fanlarini tizimda shakllantirish va kafedralarga ma’lumot berish;
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan
xizmatlar:
- talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
- ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga ko‘maklashish.
Xalqaro aloqalar faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:
- talabalarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma berish;
- turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha
ma’lumotlarni taqdim etish;
- o‘qishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga
olish va fanlarga biriktirish;
- xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
- xorijlik talabalarga to‘lov-shartnomalarini taqdim etish;
- xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish;
Buxgalteriya va marketing bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:
- qayta o‘qish uchun berilgan arizani tizimda tasdiqlash va shartnoma berish;
- stipendiya to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
- talabalarga to‘lov-shartnomasi olish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
- talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va
haqdorligi haqida ma’lumot berish;
- talabaning qayta o‘qish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi
haqida ma’lumot berish;
- talabaning to‘lov-shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida
ma’lumot berish;
- to‘lov-shartnoma summasi haqida ma’lumot berish;
- bitiruvchi talabalarga bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni o‘tkazishga ko‘maklashish;
Ilmiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:
- grantlar va tanlovlar haqida ma’lumot berish;
- ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot berish;
- innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;
- nomdor stipendiyalar haqida ma’lumot berish;
- ilmiy loyihalar to‘g‘risida konsultatsiya berish;
- ustoz-shogird maktabiga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish;