Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori
Sanjar Mardov Xudoykulovich
Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
lavozim vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari,
Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi
qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy-huquqiy
hujjatlari va ko‘rsatmalarini amalga oshirishni tashkil etish;
- OTMda Davlat ta’lim
standartlari asosida ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni
ta’minlash;
- yuqori tashkilotlarning
buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlariga oid masalalar
bo‘yicha Ijtimoiy majburiyatni olishi, OTM Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari
ijrosini tashkil etish;
- talaba-yoshlarning
ijtimoiy faolligini kuzatib borish va mutasaddi tashkilotlar (IIV, Milliy gvardiya,
Bosh prokuratura, DXX, FVV, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqalar) bilan hamkorlikda
ishlarni tashkil etish;
- moddiy jihatdan kam
ta’minlangan, mahalliy hokimiyatlarda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi
orqali ro‘yxatga olingan talabalarning moddiy ahvolini aniqlash va ularni ijtimoiy
muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ishlar olib borish;
- talabalarning ota-onalari,
mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalardagi Yoshlar yetakchilari
bilan fakultetlarning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish va nazorat
qilish;
- OTM sport-sog‘lomlashtirish,
maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz
va sifatli ishlashishini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;
- OTMga biriktirilgan
MFY va maktablar bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil
etish, sport musobaqalarini uyushtirish, iqtidorli yoshlarni o‘z qiziqishlari bo‘yicha
sohaga yo‘naltirish;
- sohada uzoq vaqt
faoliyat yuritgan tabarruk, fidoyi insonlar bilan talaba-yoshlarning uchrashuvlarini
tashkil etish;
- OTM “Odob-axloq kodeksi”
va “Ichki tartib qoidalari”ni buzgan talabalar, professor-o‘qituvchi hamda xodimlarga
nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish;
- yoshlar yetakchilari
va “Talabalar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtirish, yoshlar muammolari va takliflari
yuzasidan rektorga ma’lumot kiritish;
- OTM “Ma’naviyat va
ma’rifat kengashi” hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘yicha rektorga takliflar berish;
- OTM tyutorligiga
munosib nomzodlarni taqdim etish va ularni ishga qabul qilish hamda lavozimidan
ozod etishda o‘z takliflari bilan ishtirok etish;
- talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini
olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy
jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;
- ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni,
amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan
farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z
vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni
oshirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy
uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;
- talabalarning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishni tashkil etish, OTMda 5 muhim tashabbusni
amalga oshirish;
- ijarada, yaqin qarindoshlari
va o‘z xonadonida yashovchi talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni
tashkil etish hamda nazorat qilish;
- tizimda korrupsiyaga
qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish, “Komplaens nazorat” bo‘limi bilan hamkorlikda
ishlash;
- har bir talaba-yoshning
yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiluvchi intilish, izlanish va tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash orqali inson-jamiyat-davlat tamoyilini muntazam targ‘ib etish;
- OTM talabalarini
vatanga sadoqat, ona-diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod vatan barpo etishdek ulug‘
va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, jinoyatchilikning
oldini olishga mo‘ljallangan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
- barcha fakultetlarda
ma’naviy muhitni, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talababay ishlab, ularning
intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash,
ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish;
- talabalarni binoga
kirish va chiqish, yo‘laklarda yurish, dars mashg‘ulotlarida o‘tirish, jihozlarga
nisbatan qanday muomalada bo‘lish tartibini tushuntirish ishlarini nazoratga olish;
- pedagog-xodim va
talabalarning yurish-turishi, kiyinishi, uyali telefonlardan foydalanishini nazoratga
olish, tartibga rioya qilmaganlar bilan tushuntirish ishlari olib borish, intizomiy
choralar ko‘rishga taklif berish;
- talaba, xodim va
professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy tarmoqlarda yoritayotgan noto‘g‘ri fikr-mulohazalari
yuzasidan surishtirish ishlarini olib borish;
- huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida
huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
- OTM sport klublari faoliyatini
takomillashtirish, talabalarni sport turlari bo‘yicha tayyorlash, sport musobaqalarida faol qatnashishlarini ta’minlash;
- OTMda talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan
talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;
- talaba-o‘quvchilar orasida badiiy adabiyot, xususan, O‘zbekistonda mustaqillik
yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga
alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili
va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif
va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish, OTM Axborot-resurs
markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib
borish;
- professor-o‘qituvchi va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va
yuqori saviyada muomala madaniyatini tarkib toptirish;
- akademik litseyning rahbar va pedagog xodimlarining ma’naviyatini yuksaltirib borish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetukligini ta’minlash ishlari va direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga
muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik
texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, OTMning Ustavi, Ichki
mehnat tartibi qoidalari, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim
tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek,
o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Sanjar Mardov Xudoykulovich 1987-yil Jizzax viloyatida tavallud topgan.
Ma’lumoti – oliy, Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Mehnat faoliyati:
- 2008-2010 yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Burxon fermer
xo‘jaligida ishchi
- 2011-2015 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti talabasi
- 2015-2017
yy. - Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti
- 2017-2018 yy. - Toshkent avtomobil yo‘llarini
loyixalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti muhandislik
grafikasi va axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti
- 2018-2022 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti muhandislik grafikasi va kompyuterda loyixalash kafedrasi assistenti
- 2022-2022 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti muhandislik grafikasi va kompyuterda loyixalash kafedrasi katta
o‘qituvchisi
- 2022-2023 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti muhandislik grafikasi va kompyuterda loyixalash kafedrasi katta
o‘qituvchisi
- 2023-2024 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalar masalalari va ma’naviy -ma’rifiy faoliyati bo‘yicha dekan muovinini
- 2024 y. - h.v. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar
masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar prorektori