Shahar infratuzilmasi kafedrasi

Xotamov Asadulla

  • Lavozimi: Kafedra mudiri
  • Telefon:
  • Email: loyiha_ks@mail.ru
  • Qabul vaqti: 14:00 & 16:00

Kafedradagi o‘qituvchilar


F.I.Sh.

Lavozimi

Stavka

1

Xotamov Asadulla Toshtemirovich

Kafedra mudiri:

t.f.d., professor

1.0

2

Xakimov Ortigali Sharipovich

t.f.d., professor

0.5

3

Xodjaev Saida’lam A’loyevich

t.f.d., professor

0.75

4

Muminov Najmiddin Shamsiddinovich

t.f.d., professor

1.0

5

Qosimova Saodat Toshevna

t.f.n., professor

0.5

6

Usmonov Quvat Turdievich

t.f.n., dotsent

1.0

7

Abdixalilov Fitrat Abdixalil o‘g‘li

(PhD), dotsent

1.0

8

Talipova Nargiza Zuxritdinovna

Dotsent

1.0

9

Mutalova Barno Irgashevna

Dotsent

1.0

10

Kadabaeva Shaxnoza Saidjanovna

Dotsent  

1.0

11

Omonova Dilnoza Fayziddinovna

Dotsent  

1.0

12

Abdullaeva Kamilla Djavdatovna

Dotsent  v.b

1.0

13

Buronov Samandar Baxtiyorovich

Katta o‘qituvchi

1.0

14

Abdirayimov Azizbek Ro‘ziqul o’g’li

Katta o‘qituvchi

1.0

15

Tugalov Bobur Qarshiboy o’g’li

Katta o‘qituvchi

1.0

16

Qosimov Zabixullo Xurullo o‘g‘li

Kattao‘qituvchi

1.0

17

Xolbekov Sirojiddin Raxmatulla o‘g‘li

Kattao‘qituvchi

1.0

18

Oltiyev O’tkir Abdushukurovich

Assistent

1.0

19

Orazbaeva Nazokat Maksetovna

Assistent

1.0

20

Rajabov Sardor Jumaboy o'g'li

Assistent

1.0

Tashqi o‘rindoshlar

21

Boboyev G’aybulla G’afurovich

(PhD), dotsent

0.25

22

Sheina Nataliya Yevgenevna

Katta o’qituvchi

0.5

23

Jo‘raev Muxriddin Baxrievich

Katta o‘qituvchi

0.5

24

Ismatullayev Sheroz Xamidullayevich

Katta o‘qituvchi

0.5

25

Xamidov Jasur Akrom o'g'li

Katta o‘qituvchi

0.25

26

Abduraxmonov Sardor

Katta o‘qituvchi

0.5

27

Uroqov Asliddin Xushvaqtovich

t.f.d., professor

soatbay


Kafedra faoliyati


“Shahar infratuzilmasi” 2024 yilda, 1991 yili tashkil etilgan “Shahar  qurilishi va xo‘jaligi” kafedrasi bazasida tashkil etildi. Kafedra mudiri t.f.d., professor Xotamov Assadulla Toshtemirovich.

Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 55 foizni tashkil etadi. Kafedrada xozirgi kunda jami 20 nafar professor-o‘qutuvchilar faoliyat yuritadi. Shundan 4 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, professor, 6 nafar dotsent, 1 nafar dotsent v.b, 5-nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assistent. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha “Shahar injenerlik inshootlari”, “Shahar hududini injenerlik tayyorlash”, “Bino va inshootlarni texnik xavfsizligi”, “Qurilishda sifat nazorati”, “Shaharlarda transportni rejalashtirish” “Shahar ko`chalari, yo`llari va transport”, “Shaharlarni rejalashtirish qurish va rekonstruksiya qilish” sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar nashr etilgan. So‘nggi 10 yil mobaynida kafedra a’zolari tomonidan 11 ta monografiya, 25 ta darslik, 40 ta o‘quv qo‘llanma, 500 dan ziyod ilmiy maqola, 40 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar chop etildi.

Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari bilim, mahorat va talabchanlik bilan 60730900-Shahar qurilishi va loyihalash, 60730500-Yo‘l muhandisligi, 60730200-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish, 60710800-Metrologiya va standartlashtirish hamda 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (qurilish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga shuningdek, 70730202-Shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari,  70730303- Infratuzilma obyektlarini qurish, 70710802-Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish mutaxassisligi magistratura talabalariga  bilimlar berib kelmoqda.

Kafedra faoliyati davomida shaharlarni va shahar aholi punktlarini rejalashtirish, qurish hamda rekonstruktsiya qilish bilan bogʻliq loyihalarni ishlab chiqish, shahar hududini funksional zonalashtirish, loyihalash va meʼyoriy talablar asosida hisoblash ishlarini bajarish, shahar hududini rejalashtirishda hududni infrastruksturasini, ko’cha-yo’l tarmog’ini loyihalash, qurilishda sifatni ta’minlash, maetrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, binolarni ekspluatatsiya va rekonstruksiya qilish, restavratsiya, qurilish-ta’mirlash ishlari texnologiyasi, hududlarni injenerlik obodonlashtirish, shahar bosh rejasi, master plan loyihalarini ishlab chiqish, texnik hujjatlarni (shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlar, yoʻriqnomalar) ishlab chiqish hamda amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasining nazariy va amaliy ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.

“Shahar infratuzilmasi” kafedrasi arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini mustahkamlash maqsadida kafedra ilg‘or horijiy oliy ta’lim muassasalari- Xitoy xalq respublikasining Tongji Universiteti, Germaniyaning Bauhaus universiteti hamda Potsdam shahridagi Potsdam amaliy fanlar universiteti, Berlin texnika universiteti, Rossiya federatsiyasining Don davlat qurilish universiteti, Moskva davlat qurilish universiteti, Qozоg‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti, hamda Polsha davlatining Belastok texnika universiteti kabi oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqda.