Arxitektura yodgorliklari kafedrasi
Shoisoyev Izatullo Kenjayevich
“Arxitektura
yodgorliklari” kafedrasi arxitektura -qurilish universiteti tarkibidagi eng keksa
va nufuzli kafedralardan hisoblanadi. U dastlab 1929 yilda O‘rta Osiyo paxtachilik
– industrial politexnika instituti qoshida “Arxitektura tarixi va nazariyasi” kafedrasi
bo‘lib tashkil etilgan. Ushbu kafedraga V.A. Nilsen, M.A. Salohiddinov,
X.Sh. Po‘latov, T.F. Qodirova, Sh.S. Reyimbaev, D.A. Nozilov, T.Sh. Mamatmusaev,
I.K. Shoisoev kabi arxitektura sohasining yetuk olimlari rahbarlik qilishgan. 2023
yildan esa iste’dodli olim I.K. Shoisoev boshchilik qilmoqda.
“Arxitektura
yodgorliklari” kafedrasi universitet tarkibidagi yetakchi ilmiy-pedagogik kafedralardan
biri sifatida faoliyat yuritib, milliy arxitektura merosini o‘rganish, asrash va
tiklash sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kafedrada tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi
faoliyat olib bormoqda. Ular orasida professorlar O.M. Salimov, Sh.Z. Nurmuhamedova,
T.Sh. Mamatmusayev, X.Sh. Po‘latov, A.A. Ziyayev, Sh.S. Reyimbayev, shuningdek,
S.M. Mirdavidova, A.A. Yaxyayev,
O.A. Masharipov, E.A. Salayev, A.A.Turdiyev, N.B. Raxmatova, S.G‘. Jo‘rayeva, B.A.
Qalandarov, R.X. Qurbonov, F.Z. Yusupova, D.Q. O‘roqova singari PhD darajasiga ega dotsent va katta o‘qituvchilar talabalarga o’z
bilimlarini berib kelmoqdalar.
O‘zbek arxitektura fani rivojiga ulkan hissa
qo‘shgan, O’rta Osiyoning mashhur olimlaridan G.A. Pugachenkova, V.A. Nilsen,
P.Zohidov, T.F. Qodirova, D.A. Nozilov, Sh.D. Asqarov, I.Azimov singari o’z
ishining mohir jonkuyar ustozlar kafedrada o‘z faoliyatini olib borganlar. Ularning
ilmiy maktabi bugungi kunda ham munosib davom ettirilmoqda.
Kafedra bakalavr va magistratura
bosqichlarida arxitektura tarixi, arxitektura nazariyasi, shaharsozlik tarixi, me’moriy
merosni muhofaza qilish, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash nazariyasi
yo‘nalishlarda ta’lim berib kelmoqda. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari qo‘lida tahsil olgan minglab
arxitektorlar mamlakatimizda barpo etilgan zamonaviy binolar, tarixiy obidalarni
ta’mirlash va qayta tiklash loyihalarining mualliflaridir.
Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
kadrlar tayyorlanadi:
Bakalavriat:
- 60212200 – “Madaniy meros ob’ektlarini asrash”
- 60731100 – “Arxitektura yodgorliklari
rekonstruksiyasi va restavratsiyasi”
Magistratura:
- 70730103 – “Arxitektura
nazariyasi va tarixi”
Shuningdek, Germaniyaning
Anhalt University of Applied Sciences bilan hamkorlikda “Arxitektura nazariyasi
va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash” mutaxassisligi bo‘yicha 1+1 magistratura yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida magistr talabalari tahsil olishmoqda.
Bundan tashqari kafedrada 18.00.01 – “Arxitektura nazariyasi
va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha: 12 nafar tayanch doktorant, 22 nafar mustaqil izlanuvchi (PhD), 6 nafar mustaqil izlanuvchi (DSc) lar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Tadqiqotlar
arxitektura tarixi, nazariyasi, me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish va
muhofaza hududlarini tashkil etish kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Universitetning
barcha kafedralari qatori “Arxitektura
tarihi va nazariyasi”, “Arxitektura yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash”,
“Tarixiy shahar markazlarini rekonstruksiya qiliish”, “Arxitektura yodgorliklaridan
zamonaviy maqsadlarda foydalanish”, “Arxitektura yodgorliklarining muhofaza hududlarini
tashkil etish usullari”, “Tarixiy shahar markazlarini qayta tiklash”, “Muqarnas
va girih”, “Restavratsiyada innovatsiyalar: xorij tajribasi” va boshqa mutahassislik
fanlaridan o‘ndan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar nazariya, amaliy dars mashg‘ulotlarini
olib bormoqdalar. So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari
tomonidan: 10 dan ortiq darslik, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar,
15 ga yaqin monografiyalar nashr etildi. Bu adabiyotlar milliy arxitektura fanining
ilmiy-metodik bazasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Kafedra jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy
meros agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi San’atshunoslik
instituti, “Madaniy meros” ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda me’moriy yodgorliklar
to‘plamlarini tayyorlash, arxitektorlar biografik qomusini yaratish kabi yirik ilmiy
loyihalarda ishtirok etmoqda.
“Arxitektura yodgorliklari” kafedrasi milliy arxitektura
merosini asrash, tiklash va ilmiy asosda o‘rganish sohasida yetakchi ilmiy maktab
sifatida shakllangan. Kafedra nafaqat ta’lim, balki ilmiy tadqiqot, amaliy loyihalar
va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida ham faol faoliyat yuritib, mamlakatimiz arxitektura
san’atining barqaror rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Kafedra tashabbusi bilan
“Arxitektura: meros va zamonaviylik” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani hamda “O‘zbekiston
arxitektura nazariyasi, tarixi, yodgorliklarini ta’mirlash va qayta qurish muammolari”
mavzusida respublika miqyosidagi konferensiyalar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Salimov Arifdjan Muslimovich
arx.f.d. (DSc), professor
Professor
a.salimov@taqu.uz