Ta'lim hamda amaliyot ta'lim sifatini oshirish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "ARCHIDOM'' xususiy uyini loyihalash bo'yicha master-klass darsi bo'lib o'tdi.
Ta’lim hamda amaliyot ta’lim sifatini
oshirish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “ARCHIDOM”
xususiy uyini loyihalash bo’yicha master-klass darsi bo’lib o’tdi. Unda
arxitektura sohasida 13 yillik tajribaga ega meʼmor, O’zbekistondagi yetakchi
arxitektura byurolaridan biri “AKITEK” asoschisi Zokir Mirzaahmedov maʼruza
qildi. Arxitektura fakulteti talabalari uchun master-klass darsi nazariy va amaliy
qismlarga bo’lingan holda o’tkazildi. Talabalar bilan birgalikda mahalliy
qurilish bozorida kam qavatli turar-joy binolarini loyihalashda yo’l qo’yilgan
xatolar tahlil qilindi, xususiy uylarning ichki makonlarini tashkil qilishning
muqobil usullari hamda an’anaviy uy-joylarni loyihalash usullari o’rganildi.
Nazariy qismni tugatgandan so'ng, talabalar master-klassning amaliy
qismini boshladilar, ularda radial, trigonal va to'rtburchaklar o'q
koordinatalar bo'yicha eskiz ishlab chiqish vazifasi qo'yildi.
Master-klass natijalariga ko’ra AKITEK vakillari eng yaxshi eskiz
g’oyasiga ega 4 nafar talabani aniqladilar va ularga stajyor sifatida hamkorlik
qilish taklifini berdilar.