Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida “Mohir qo‘llar” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Mazkur
to‘garak talaba-qizlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, amaliy
ko‘nikmalarini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchi qizlar o‘zlarining mahorat va ijodkorlik
salohiyatlarini namoyon etib, turli xil meva va sabzavotlardan kokteyllar
tayyorlash, mahsulotlarga badiiy ishlov berish hamda karving san’atining nozik
jihatlarini o‘rgandilar.
Tadbir davomida yaratilgan kompozitsiyalar qizlarning estetik didi, yangicha
fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, ishtirokchilarda jamoada
ishlash, tashabbuskorlik va ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.
“Mohir qo‘llar” to‘garagi
talaba-yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

