Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Qurilish" fakultetida talabalar va tyutorlar ishtirokida "Milliy tarix va milliy qadriyatlar" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Suhbatga tarixchi
olimlardan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti "Jahon
tarixi" kafedrasi professori, tarix fanlari doktori (DsC) Tursunov
Ravshanbek Normurodovich va Turin Politexnika universiteti "Iqtisodiyot va
Gumanitar" kafedrasi professori, tarix fanlari doktori (DsC) Raximova
Gulchehra Sobirjonovnalar taklif etildi. Tursunov Ravshanbek Normurodovich
tadbirda soʻzga chiqib, soha mutaxassisi sifatida Oʻzbek xalqining milliy
davlatchilik tarixi, Jadidchilik harakati va buyuk tariximizning boshqa
sahifalar toʻgʻrisida ma'ruza qildi. Shundan soʻng, talabalar oʻzlarini
qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi. Raximova Gulchehra Sobirjonovna
esa "Milliy qadriyatlar tarixi" mavzusida oʻzining qiziqarli
taqdimoti bilan uchrashuvni davom ettirdi.Oʻziga xos yuqori ruhda oʻtgan tadbir
talabalarda katta ta'surot qoldirdi.