Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari tarixiy obidalar joylashgan hududlarda o‘quv-amaliyot jarayonlarini olib bormoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining
2-bosqich “Restavratsiya”, “Arxitektura” va “Urbanistika” yo‘nalishlari
talabalari uchun “Arxitektura yodgorliklari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari
rahbarligida o‘quv malakaviy o‘lchov amaliyotlari tashkil etildi.
Mazkur amaliyot doirasida talabalar quyidagi tarixiy
va madaniy meros ob’ektlarida amaliy ishlarni olib bormoqda:
Samarqand shahri: Ishratxona, Registon majmuasi
Buxoro shahri: Revgangaron va Quyi xonaqoh guzari
masjidlari
Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Hazrati Imom
majmuasi, Ko‘kaldosh masjidi
Amaliyot davomida talabalar nafaqat o‘lchov ishlarini bajarishmoqda, balki ushbu tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishish, ularning me’moriy xususiyatlarini o‘rganish hamda ekskursiyalar orqali ilmiy-nazariy bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqdalar.