Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi

Talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi.

Mazkur tanlov orqali iqtidorli talabalar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni aniqlash, ularni rivojlantirish hamda amaliyotga joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Tanlov yo‘nalishlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kreativ tashabbuslar

Startap g‘oyalar va biznes loyihalar

Innovatsion yechimlar va texnologik ishlanmalar

Loyihalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 1-maydan 15-maygacha.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+998 97 767 61 60