Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent Noshirlik-Matbaa texnikumi o‘rtasida hamkorlik kengaytirildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida kafedra filiali tashkil etildi. Filialning ochilish marosimida “Qurilish” fakulteti dekani A.J. Abdullayev, texnikumning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.L. Maqsudova, bo‘lim boshlig‘i D.A. Islomova, kafedra mudiri N.A. Aripova, dotsent L. Xalmamatova hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi oliy ta’limni ishlab chiqarish talablari asosida rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va fan hamda amaliyotni integratsiya qilishdan iborat. Ushbu hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi

Talabalar amaliy mashg‘ulotlarini texnikum negizida o‘tkazish

Soha ehtiyojlariga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish

Eng ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv-metodik materiallar yaratish

Iqtidorli talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb etish.