Toshkent arxitektura-qurilish universitetida har juma "Milliy libos kuni!" odat tusiga aylanmoqda
Milliy qadriyatlar
millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan
chambarchas bog‘liq holda namoyon bo’ladi. Shu maqsadda bugun “Milliy
qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” hamda "Milliy libos
koʻrgazmasi" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Talaba-yoshlar qalbida milliy
urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni
kuchaytirish, talaba-yoshlarning estetik didini o‘stirish va milliy liboslarimizga
bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida
“Milliy liboslar ko'rgazmasi" boʻlib oʻtdi. Milliy liboslar ko'rgazmasi va
milliy urf- odatlar bagʻishlangan tadbirda talabalar xalqimizning tarixi,
qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam bo‘lgan
hozirgi kundagi milliy liboslar jozibasini hamda etnografik urf-odatlarni
namoyish etdilar.