Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarning akademik mobilligini oshirishga qaratilgan onlayn mashg‘ulot tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment
fakulteti Iqtisodiyot va Menejment yo‘nalishlari talabalari uchun
“Raqamlashtirish davrida samarali ishga joylashish strategiyalari: intervyu
strategiyalari, xalqaro kompaniyada muvaffaqiyatli intervyu topshirish”
mavzusida onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulot Plexanov nomidagi
Rossiya Iqtisodiyot universiteti lektori Armine Eduardovna hamda Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti
Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Xilola Zakirova tomonidan tashkil
etildi. Dars davomida talabalar raqamli texnologiyalar va global ish bozorida
muvaffaqiyatli ishga joylashish uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar va
strategiyalar bilan tanishtirildi. Xususan, xalqaro kompaniyalarda intervyu
topshirishning samarali usullari, ingliz tilidagi muloqot madaniyati, global
ish muhitiga moslashish kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi. Armine
Eduardovna talabalar uchun intervyu jarayonida o‘z bilim va tajribalarini aniq
hamda samarali tarzda taqdim etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Mashg‘ulotda
bugungi kunda raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lish, onlayn portfellardan
foydalanish va xalqaro tarmoqlarda faoliyat yuritish imkoniyatlari ishga
joylashishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.