Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Ustoz-shogird” an’analari davom etmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
arxitektura va qurilish sohasidagi tajribali mutaxassislar bilan talabalar
oʻrtasida bilim almashish maqsadida “Ustoz-shogird” an’analari doirasida
uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda
“Qishloqqurilishloyiha” DM boshqarmasi boshligʻi, Faxriylar kengashi
aʼzosi, sohada 50 yilga yaqin tajribaga ega boʻlgan Urazayeva Alla Vasilyevna
ishtirok etdi. Urazayeva Alla Vasilyevna oʻzining keng tajribasini talabalar
bilan baham koʻrib, zamonaviy arxitektura tamoyillari, turar joy va ijtimoiy
ob’ektlarni loyihalashda shaharsozlik meʼyorlariga rioya qilishning ahamiyati
haqida tushuntirishlar berdi. Shuningdek, “Qishloqqurilishloyiha” DM
boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan loyihalar va ularning natijalari haqida
maʼlumotlar ulashildi. Tadbir davomida talabalar bilan mavzuga oid
savol-javoblar oʻtkazilib, ularning kasbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan
qiziqarli masalalar muhokama qilindi.