Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ustoz-shogird an'analari davom etmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
“Ustoz-shogird” an'analari doirasida ochiq muloqot va davra suhbati tashkil
etildi.
Tadbirda “12-trest” AJ 2-son PМК (Ko‘chma
mexanizatsiyalashgan kolonna) bosh muhandisi, ko‘p yillik ish tajribasiga ega
mutaxassis Najmiddinov Jamshid Xotamovich ishtirok etdi. U hozirda mazkur trest
hamda Faxriylar kengashi faxriysi Sh. Shoazizvoning shogirdi hisoblanadi. Suhbat
davomida 2-son PMK tomonidan nafaqat Toshkent shahrida, balki O‘zbekiston
Respublikasining turli hududlarida amalga oshirilgan yirik qurilish loyihalari
haqida ma’lumot berildi.
Jumladan:
“Bunyodkor” stadioni qurilishi,
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi binosi,
“Yangi Toshkent” loyihasi,
Shuningdek, boshqa yirik infratuzilma va bino-inshootlar qurilishi.
Shuningdek, ishtirokchilarga qurilish-montaj ishlarini bajarishda texnologik talablarga rioya etish, poydevor va yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni loyihalash hamda qurilish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash borasida ma’lumotlar berildi.