Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yangi o'quv yili boshlandi
Bugun yurtimiz bo'ylab taʼlim muassasalarida yangi o'quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan erta tongda talabalarni ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi va tabriknomalar taqdim etildi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz" shiori ostida tadbir tantanali boshlandi.
Yangi o'quv yilining ochilish marosimida universitet rektori B.A.Tulaganov so'zga chiqib O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33yilligi hamda universitetning 33 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladi.
Tadbir davomida eng yuqori ball to'plab, talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga Maqtov yorlig'i topshirildi. Tadbir davomida yosh, umidli xonandalar tomonidan kuy-qo'shiqlar yangradi.