Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida “Boburxonlik” kechasi davom etmoqda
Unda
“O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari, tyutorlar va talabalar
ishtirok etdi. Tadbirni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti
L.Xalmamatova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, dotsent A.Nasriddinov
va katta o‘qituvchi R.Turdibekovalar “Buyuk
shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, tarixchi, mohir sarkarda
Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz,
balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik
tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutishi, ulugʻ shoh va shoir oʻzining sheʼriy
va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, yer yuzidagi millionlab
kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi”, – deya e’tirof
etganligi haqida ma'lumot berdi. Tadbir
davomida talabalar tomonidan Boburning
ijodidan g’azal va she’rlar mutolaa qilindi hamda sahna ko’rinishlari
namoyish etildi.