Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi

2025-yil 5-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida  “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollik darajasini oshirish hamda sport orqali ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G. Rixsiyeva hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi Sh. Anvarov ishtirok etib, sportning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.

Musobaqalarda mini futbol, stol tennisi va shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar  bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.