Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi universitetning xalqaro faoliyatini tashkil qilish, rivojlantirish va muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi. Bo‘lim xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar, elchixonalar va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mavjud shartnomalar asosida ilmiy-akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Bo‘lim universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar va tadqiqotchilarning
xorijda ta’lim olish, malaka oshirish, konferensiya va seminarlar ishtirok
etishini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro aloqalar bo‘limi o‘z
faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va xalqaro
huquqiy-me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiradi.
Asosiy vazifalar
- Xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.
- Talabalar
va o‘qituvchilarni xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etishini
ta’minlash.
- Xorijiy
oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.
- Universitetda
o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, seminarlar va forumlarni tashkil etish.
- Universitetning
xalqaro reytinglarda ishtirokini ta’minlash va reyting ko‘rsatkichlarini
yaxshilash.
- Xorijlik
professor-o‘qituvchilar va talabalarni universitetga jalb qilish.
- Universitetning
xalqaro faoliyati bo‘yicha statistik hisobotlar tayyorlash va yuqori
tashkilotlarga taqdim etish.
- Xalqaro
grantlar va loyihalarda universitet ishtirokini kengaytirish.
- Universitetning
veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro hamkorlik faoliyati haqida
ma’lumotlar berib borish.
Xalqaro
aloqalar bo‘limi universitetning global miqyosdagi raqobatbardoshligini
oshirishda va xalqaro ilmiy-ta’lim maydonida o‘z o‘rnini mustahkamlashda muhim
rol o‘ynaydi.