“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi”

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi” munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Adminstrasiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bosh ilmiy xodimi Alixanov Shoxrux Mirzo Bobirovich va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Abduxalikov Zafar Safarovich, universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi. Talabalarga mazkur mavzu boʻyicha bugungi kunda yoshlar orasida tarqalib borayotgan, giyohvandlik va axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etish, bu kabi illatlar domiga tushib qolishning yomon holatlari haqida ma’lumotlar berib oʻtildi. Giyohvandlikning zararli oqibatlarini tushuntirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar orasida ommabop bo‘lgan videoroliklar va qisqa metrajli film namoyish etildi. Tadbir davomida soha mutaxassislari yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishda ota-onalar, talabalar va mahalla yetakchilarining roli juda muhim ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.