YUNESKO-Karlos J.Finley mukofoti tanlovi

YUNESKO-Karlos J.Finley mukofoti tanlovi

YUNESKO tashkiloti tomonidan Mikrobiologiya sohasida (immunologiya, molekulyar biologiya, genetika) Kuba Hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan YUNESKO-Karlos J.Finley mukofotiga tanlov e’lon qilingan. Batafsil ma’lumot quyidagi veb sahifada keltirilgan: https://www.unesco.org/en/prizes/carlos-j-finlay

Ushbu mukofot o‘z tadqiqotlari va yutuqlari orqali mikrobiologiya sohasi va uning qo‘llanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs, muassasa, nodavlat tashkilotlarini mukofotlash uchun mo‘ljallangan. YUNESKO-Karlos J.Finley mukofotiga tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning hujjatlari ingliz va fransuz tillarida 2025-yil 30-noyabr kuniga qadar onlayn platformada to‘ldirilishi zarur. Nomzodlar anketasini to‘ldirish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin: https://www.unesco.org/en/prizes/carlos-j-finlay/nomination

Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joriy yil 18-noyabr kunigacha quyidagi elektron manzili (sh.eshqobilova@edu.uz)ga yuborilishi lozim.