Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi
Zaitov Adilbek Ataxanovich
Kafedra
1929-yilda O‘rta Osiyo paxtachilik industrial instituti (keyinchalik Toshkent davlat politexnika instituti) tarkibida tashkil qilingan. Oʻtgan yillar mobaynida “Oliy
matematika”,
keyinchalik “1-oliy
matematika” kafedrasiga prof. A. A. Topornin, prof.
V. Antonovskiy, birinchi oʻzbek ayollaridan chiqqan fan doktori, sobiq
Oʻzbekiston Oliy Soveti deputati, professor M. A. Arifxonova,
professor Yo. U. Soatovlar mudirlik qilishgan. “Fizika” kafedrasini Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining
muxbir aʼzosi, professor G. U. Umarov, dotsent
D. D. Mirkomilov, dotsent A. S. Noʻmonxoʻjayevlar
boshqarishgan.
1991-yilda
Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil etilishi bilan kafedra “Oliy va
amaliy matematika” deb nomlangan. 2006 yilda “Oliy va amaliy matematika” va
“Fizika” kafedralari birlashtirildi va yangi kafedra “Matematika va tabiiy
fanlar” kafedrasi deb nomlandi. 2023-yilning avgust oyidan 2024-yilning avgust
oyigacha “Matematika va tabiiy fanlar”, “Muhandislik grafikasi va kompyuterda
loyihalash” va “Axborot texnologiyalari” kafedralari birlashtirilib, “Raqamli
texnologiyalar” kafedrasi sifatida faoliyat yuritdi. 2024-yil avgust oyidan
“Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi o‘z faoliyatini davom ettirdi.
Toshkent
arxitektura-qurilish instituti tashkil etilgandan keyin “Oliy va amaliy
matematika” kafedrasini 1991-1997 yillarda texnika fanlari doktori, professor
Yo.U.Soatov, 1997-2006 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
A.Abduraximov, “Fizika” kafedrasini 1997-2006 yillarda texnika fanlari nomzodi,
dotsent A.No‘monxo‘jayev, bu ikkita kafedra qo‘shilib, “Matematika va tabiiy
fanlar” kafedrasi tashkil etilgach, 2006-2008-yillarda fizika-matematika
fanlari nomzodi, dotsent A.Abduraximov, 2008-2010 yillarda fizika-matematika
fanlari nomzodi M.Mamatqulov, 2010-2011 yillarda fizika-matematika fanlari
doktori Yo.M.Xusanboyev, 2011-2012 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent
Sh.R.Xurramov, 2012-2015 yillarda fizika-matematika fanlari doktori, dotsent
A.A.Zaitov, 2015-2017 yillarda fizika-matematika fanlari doktori, dotsent
A.Kuchkarov, 2017-2018 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Sh.R.Xurramov,
2018-2023 yillarda fizika-matematika fanlari doktori, professor A.A.Zaitov,
2023-2024 yillarda “Raqamli texnologiya” kafedrasini fizika-matematika fanlari
nomzodi A.Fazilov boshqargan. Hozirgi vaqtda “Matematika va tabiiy fanlar”
kafedrasiga fizika-matematika fanlari doktori, professor A.A.Zaitov mudirlik
qilmoqda.
1. Kafedraning asosiy
vazifalari
Oliy ta’lim uchun tasdiqlangan
Davlat ta’lim standartlarini bajaradi; kasbiy va akademik malakaga ega
mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi; o‘quv-metodik faoliyatni amalga
oshiradi; zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etadi; ilmiy-tadqiqot va
innovatsion loyihalarni amalga oshiradi.
2. Kafedraning funksiyalari
Kafedra o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga
oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) O‘quv va o‘quv-uslubiy
faoliyat bo‘yicha:
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash; o‘quv
rejalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ularni belgilangan tartibda
tasdiqqa taqdim etish; fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak
nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish; zamonaviy pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; talabalarning mustaqil
ta’limini samarali tashkil etish; ochiq ma’ruzalar orqali tajribali
o‘qituvchilar faoliyatini ommalashtirish; kafedrada o‘qitiladigan fanlardan
laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash; joriy,
orqaliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazishda ishtirok etish; o‘quv jarayoni
sifatini ta’minlash bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish; darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar,
didaktik materiallar, vizual vositalarni tayyorlash.
b) Ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha:
Iqtidorli talabalarni
tadqiqotlarga jalb etish, ularga uslubiy jihatdan ko‘maklashish; professor va
dotsent unvonlarini berish uchun taklif kiritish; ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarni rivojlantirishga qaratilgan dolzarb mavzular bo‘yicha tadqiqotlarni
amalga oshirishni tashkil etish; tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama
etish, nashr etishga tavsiya berish.
Abduraximov Abdunabi
Fizika-matematika fanlari nomzodi
Dotsent
ab.abduraximov@taqu.uz
Xudayberdiyev Saibjan Saliyevich
Fizika-matematika fanlari nomzodi
Dotsent
s.xudayberdiyev@taqu.uz
Xurramov Shavkat Raxmatullayevich
Texnika fanlari doktori (DSc)
Professor
sh.xurramov@taqu.uz
Ishmetov Azad Yangibayevich
Fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD)
Dotsent
a.ishmetov@taqu.uz
Nortojiyev Abror Muxamadaliyevich
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD)
Dotsent
a.nortojiyev@taqu.uz
Jumayev Davron Ilxomovich
Fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD)
Dotsent v.b.
d.jumayev@taqu.uz
Xolturayev Farhod Safarovich
Texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
Dotsent v.b.
f.xolturayev@taqu.uz
Qurbanov Hamidjon Xujaniyozovich
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD)
Dotsent v.b.
h.qurbanov@taqu.uz
Nosirov Nizomiddin Baratovich
Katta o‘qituvchi
n.nosirov@taqu.uz
Jumayeva Ziyoda Arslonovna
Katta o‘qituvchi
z.jumayeva@taqu.uz
Tag‘aymurotov Abror Olimovich
Katta o‘qituvchi
a.tagaymurotov@taqu.uz
Ergashev Avaz Jalil o‘g‘li
Assistent
a.ergashev@taqu.uz
Mirzaxmedova Dinoraxon Jalolidin qizi
Assistent
d.mirzaxmedova@taqu.uz