Karyerani rivojlantirish va amaliyot bo’limi
Zohidov Nodir
Karyerani rivojlantirish va amaliyot bo’limi 2023 yil tashkil topgan.
Bo‘lim asosiy vazifalari va funksiyalari:
Talabalarga
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bo‘yicha maslahat berish, mehnat bozorida
mos vakansiyalarni izlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ishga joylashish uchun
zarur hujjatlar bilan tanishtirish, rezyume tuzish va suhbatdan o‘tish
usullarini o‘rgatish.
Talabalarni
kasbga yo‘naltirish maqsadida ilg‘or mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish,
mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, sohalar, kasblar va ish
beruvchilar to‘g‘risida zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Mehnat
organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan
hamkorlikda ish o‘rinlari yarmarkalari, “Karyera kuni” tadbirlarini tashkil
etish, talabalarning kasbiy qiziqishlarini kuchaytiruvchi amaliy va motivatsion
tadbirlarni o‘tkazish.
Universitetda
tayyorlanayotgan mutaxassislar, bitiruvchilarning ishga joylashuvi hamda
avvalgi yillardagi bitiruvchilarning mehnat faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar
bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, bu yo‘nalishdagi
tashkiliy, tahliliy va metodik materiallarni tayyorlash hamda nashr etish.
Mehnat
bozorida marketing tadqiqotlarini muntazam olib borish, bakalavriat
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning
kasbiy tayyorgarlik darajasini o‘rganish, ularning ish beruvchilar talablariga
muvofiqligini aniqlash.
Mehnat
bozori kon’yunkturasini tahlil qilish orqali bitiruvchilarni oldindan ishga
taqsimlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish, bitiruvchilar uchun
to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish (vakansiyalar, ish beruvchilar, geografik
joylashuv, talab va taklif nisbatlari asosida).
Joriy yil bitiruvchilari (ta’lim
yo‘nalishlari, mutaxassisliklari, ta’lim shakllari va moliyaviy manbasi
bo‘yicha) haqida batafsil elektron ma’lumotlar bazasini yaratish hamda yangilab
borish.
Ishga
joylashgan yosh mutaxassislar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning
mehnat faoliyati natijalarini o‘rganish, zarur hollarda ularga amaliy-uslubiy
yordam ko‘rsatish va maslahatlar berish.
Yuqori
(bitiruvchi) kurs talabalarining kasbiy mahoratini baholash, ish beruvchilar
ehtiyojlari bilan taqqoslash hamda fakultetlar va kafedralarga
bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar
taqdim etish.
Turdosh
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan taqqoslab, universitet
bitiruvchilarining kasbiy salohiyatini o‘rganish, ustun va zaif jihatlarni
aniqlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan kelib chiqib, mutaxassis
tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Universitet
bitiruvchilarining imkoniyatlari va yutuqlarini namoyish etish maqsadida
respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, ekspozitsiyalarda
ularning ishtirokini ta’minlash.
Ish
beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq bitiruvchilarni belgilangan
muddatlarda ishga joylashtirish uchun tegishli bo‘linmalar bilan talabalar
qabulini va bitiruvchilarni taqsimlash rejalarini muvofiqlashtirish.
Universitetning fakultet va kafedralari bilan hamkorlikda davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning uch yillik majburiy ishlab berish jarayonini nazorat qilish, ularning kasbiy faoliyatini rivojlantirish va lavozim pog‘onalarida o‘sishiga ko‘maklashish.
Talabalar amaliyotini (stajirovkasini) o‘quv rejalarga muvofiq, korxonalar bilan kelishilgan dasturlar asosida tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlarni ishlab chiqarish korxonalarida malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazish va ularni malaka amaliyotining ajralmas qismi sifatida qabul qilish.