Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iUNRCga a’zo sifatida qabul qilindi
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu
shahrida “Bir makon, bir yo‘l” fan va texnologiya tashabbusi doirasida tashkil
etilgan Tadqiqot hamkorligi uchun universitetlar tarmog‘i (iUNRC)ning Uchinchi
Kengash yig‘ilishi va mavzuli ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu muhim tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti ilk bor O‘zbekiston nomidan iUNRCga a’zo universitet sifatida
rasman qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda iUNRC tarkibiga Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan birga yana 3 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Indoneziyadan Institut Teknologi Bandung, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasidan Hunan University va Sichuan University a’zo bo‘ldi. Natijada, iUNRC a’zolari soni 16 taga yetdi.