1-bosqichga tavsiya etilganlar abituriyentlar diqqatiga!

1-bosqichga tavsiya etilganlar abituriyentlar diqqatiga!

2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.

Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan.

Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 - 65 foizgacha joy ajratiladi.