2025-yil 10-iyun kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida Zaha Hadid Architects kompaniyasi direktori, dunyo miqyosida taniqli arxitektor Paolo Matteuzzi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Tashrif doirasida u bir qator mutaxassislar, arxitektorlar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti dekani Azamat Xasanov bilan bo‘lgan muloqot alohida ahamiyat kasb etdi. Suhbat davomida tomonlar arxitektura sohasida o‘zaro hamkorlik, ilmiy va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, talabalar uchun seminar va treninglar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Mazkur hamkorlikuniversitet talabalari uchun zamonaviy arxitektura va dizayn yo‘nalishida chuqur bilim hamda amaliy tajriba olish imkoniyatini yaratadi.