2025-yil 9-yanvar kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat'' tizimini boshqarish bo'limi tomonidan seminar tadibri tashkilashtirildi.
2025-yil 9-yanvar kuni
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish
“Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo'limi tomonidan 2024-2025 yillarga
mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”” (4-bandi)da belgilab berilgan topshiriqlarni bajarish
maqsadida universitet professor-o'qituvchilari va tyutorlar ishtirokida seminar
tadibri tashkilashtirildi. Ushbu tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti
dotsenti, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev, hamda
universitet bosh yuristkonsulti L.Bahromov lar ishtirok etidilar. Tadbir
boshida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini
boshqarish bo‘limi M.Isakdjanov so‘zga chiqib, Universitetda bugungi kunda
Odob-axloq, manfaatlar to'qnashuvini oldini olish va Ichki mexnat qoidalariga
rioya qilish bo‘yicha bo‘lim, inson resurslarini boshqarish bo'limi va
universitet huquqshunoslari bilan birgalikda belgilangan tartibda
chora-tadbirlar amalga orilib kelinmoqdaligi ishtirokchilarga yetkazildi.
2. Shundan so‘ng, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik
fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev so‘zga chiqib, “Manfaatlar
to‘qnashuvini boshqarish” bo‘yicha tadbir ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar
berib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet bosh yuristkonsulti L.Baxromov
so‘zga chiqib universitet rektorining 2023-yil 22-iyundagi 168-son buyrug‘i
bilan tasdiqlangan “Ichki mexnat qoidalari” to'g'risida ma’lumotlar berib
o'tdi. Xususan, u tadbir ishtirokchilarni universitet “Ichki mexnat
qoidalari”ga barcha universitet xodimlari qat’iy amal qilishlari lozimliklari
va ushbu xujjat bilan tanishib chiqishlarini tavsiya qildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarning ma'sullar bilan
qizg'in savollar-javoblari bilan yakunlandi.
