2025-yilda Yaponiya oliygohlarida tahsil olish va malaka oshirish
Yaponiyaning
Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan
2025-yilda Yaponiya oliygohlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun e’lon
qilingan quyidagi o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumot yuborilmoqda:
– “Yapon
tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;
–
“Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot
dasturi”.
Mazkur
dasturlar doirasida xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash hamda
ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.Hujjat
topshirishning oxirgi muddati – 2025-yil 24-yanvargacha.
Tanlovda
ishtirok etish uchun nomzodlar Yaponiyaning O‘zbekistondagi
elchixonasining http://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3
veb-sahifada
batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi hamda barcha
kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda Yaponiyaning O‘zbekistondagi
elchixonasiga topshirishlari kerak.