22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni

22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni
22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni
22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni
22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni

2025 yil 22 may kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Toshkent arxitektura va qurilish universiteti bilan hamkorlikda talaba-yoshlar ishtirokida “22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni” bag‘ishab davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘zbek YuSUPOV “22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni” mavzusida muhim bo‘lgan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, bioxilma-xillik — bu Yerda mavjud bo‘lgan barcha hayot shakllarining, ya’ni genetik resurslar, turlar va ekotizimlar xilma-xilligining majmuasidir.

Uning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini e’tirof etgan holda, 22 may sanasi BMTning 2000 yildagi qarori bilan rasman Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida belgilandi. Ushbu sana 1992 yildagi Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyaning qabul qilingan sanasiga to‘g‘ri keladi.

Navro‘zbek Yusupov  - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekologik partiya fraksiyasi a’zosi.