22-noyanbr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida GAT kuni munosabati bilan ilmiy amaliy seminar bo'lib o'tdi

Tadbirda Qishloq Xo'jaligi vazirligi Agrokosmik texnologiyalarni joriy qilish bo'limi boshlig'i Maxsudov Bobomurod Yuldoshovich, Respublika aerogeodeziya markazi direktorining birinchi o'rinbosari Mayinov Shuhrat Qo'chqorovich, O'zGASHKLITI Texnik siyosat va axborot ta'minoti departament direktori Primov Azimjon Baxridinovich, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Qurilish muhandisligi va arxitektura kafedrasi mudiri Usmanov Saidislomxon Mannonovich, Mineral resurslar instituti DM xodimi Goipov Akram Bayramovich, Toshkent shahar hokimligi, Raqamli rivojlanish departamenti,   Geoaxborot tizimlari bo'limi boshlig'i Shermanov Utkir Ortiqovich, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Geomatika muhandisligi kafedrasi professor-o'qituvchilari, bir nechta tashkilotlardan mutaxassislar va bir qancha universitetlardan professor-o'qituvchilar, hamda talabalar ishtirok etishdi.

Geoaxborot tizimlari hozirgi kunda dolzarb yo'nalishlardan biri bo'lib, davra suxbatida "Yer hisobini yuritish va qishloq xo'jaligi xaritalarini yaratishda raqamlashtirish", "O'zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari", "ArcGIS Pro platformasida Empirical Bayesian Kriging asosidagi fazoviy-statistik interpolatsiya va 3D fizik-geologik modellashtirish", "Shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan ta'minlashda Topografiya ma'lumotlar bazasining o'rni" va "Yashil Toshkent Loyihasi" mavzularida muhokamalar bo'ldi.

Talabalar va soha mutaxassislari ma'ruzalarni tinglash davomida qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ushbu tadbir natijasida talabalar O'zbekiston Respublikasida geoaxborot tizimlarida bajarilayotgan loyiha va ishlar haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.