"3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni"

"3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni"
"3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni"
"3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni"

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti tyutorlari boshchiligida "3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan Kasbiy koʻnikmalar markazida koʻngilli talabalar bilan birgalikda xayriya tadbiri boʻlib oʻtdi.       

Bundan asosiy maqsad — mehr-muruvvat, hamjihatlik va ijtimoiy faollik qadriyatlarini yoshlar ongida mustahkamlash, shuningdek, ehtiyojmand insonlarga e’tibor va ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.   

Talabalar nogironlar uchun turli sovg‘alar, kitoblar va zaruriy o‘quv anjomlarini topshirishdi.

Shuningdek, ular bilan samimiy suhbatlar, kichik sahna ko‘rinishlari va quvonchli o‘yinlar tashkil etildi, nogironlarga bayramona kayfiyat ulashildi

Ushbu ezgu tashabbus nogironlar qalbida mehr va e’tibor uyg‘otdi, talabalarda esa ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tadbir barcha ishtirokchilar uchun mazmunli va unutilmas bo‘ldi.