“Akademik harakatchanlik” dasturi 2025-yil 4-mavsumiga kelib tushgan loyihalar orasida g‘oliblar aniqlandi
“Akademik harakatchanlik” dasturi 2025-yil 4-mavsumiga kelib tushgan
loyihalar orasida g‘oliblar aniqlandi.
Dasturga jami 194 ta loyiha kelib tushdi, shundan 92 ta loyiha 2-bosqich
suhbatlariga tanlab olindi.
2-bosqich natijalariga ko‘ra 29 ta loyiha muallifi g‘olib deb topildi va
moliyalashtirishga tavsiya etildi.
Shulardan biri, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti doktoranti:
Madraymov Niyetbay Amangeldiyevich
Uning loyihasi:
“Atrof-muhit barqarorligini saqlashda texnogen chiqindilardan samarali
foydalanib, resurs tejamkor devorbop yengil beton buyumlarini ishlab chiqarish”.
Universitetimiz jamoasi Madraymov Niyetbay Amangeldiyevichni ushbu yutuq
bilan chin dildan tabriklaydi va unga kelgusidagi ilmiy faoliyatida
muvaffaqiyatlar tilaydi!
