Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan poytaxtda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugun yurtimizda buyuk
sarkarda, dono siyosatchi va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining
689 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu muhim sana munosabati bilan ertalabdan
Toshkent shahridagi Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yilib, xalqimiz qalbida
chuqur iz qoldirgan tarixiy siymoga hurmat bajo keltirildi. Shu bilan birga,
ma’naviy-ma’rifiy ruhda boyitilgan tantanali tadbir tashkil etildi.
Poytaxtimizning yuragi sanalmish Amir Temur xiyobonida o‘tkazilgan mazkur
tadbirda turli sohalarning yetuk vakillari ishtirok etdilar. Jumladan, Oliy
Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, fan
va ta’lim sohasining nufuzli olimlari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda
madaniyat arboblari tadbirga tashrif buyurdi. Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti rektori v.b. B.Tulaganov ham ushbu muhim tadbirda faol ishtirok
etib, Amir Temur merosining zamonaviy taraqqiyotimizdagi o‘rniga oid
fikr-mulohazalarini bildirdi.