Andijon suv omborida uni avtomatlashtirilgan raqamli texnologiyalar orqali xavfsiz ekspluatatsiya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha respublika miqyosidagi ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Tadbirda
Suv xo‘jaligi vazirligi, Kosmik tadqiqotlar agentligi, loyiha institutlari,
oliy ta’lim muassasalari, “O‘zbekgidroenergo” AJ va boshqa soha tashkilotlari
vakillari ishtirok etdi. Unda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi”
kafedrasi mudiri t.f.n. Toshxo‘jaev Alisher Ulxo‘jayevich, professor Fayziyev
Xomitxon va dotsent Mirzayev Asqar Akramovich ham qatnashdilar. Seminarda “O‘zbekgidroenergo” AJ bo‘lim boshlig‘i A.
Fozilov so‘zga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot
berdi. Seminar raqamli texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar malakasini
oshirish va tajriba almashish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar Andijon
suv omborida olib borilgan avtomatlashtirish, gidromexanik uskuna va drenaj
nasos stansiyasining rekonstruksiya ishlari, nazorat-olchov vositalari, lokal
ogohlantirish tizimi va dispetcherlik markazi faoliyati bilan tanishdilar. Tadbir
barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular bunday tajribani boshqa
suv omborlariga ham joriy etish zarurligini ta’kidlashdi.