Barcha yoshlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori bilan jonli muloqotga taklif etamiz.
Joriy
yilning 20-dekabr kuni Agentlik direktori Akmal Burxanov yoshlar bilan
uchrashadi. Muloqotda ishtirok etish istagini bildirgan barcha yoshlar oldindan
roʻyxatdan oʻtgan holda qatnashishlari mumkin. Uchrashuv Korrupsiyaga qarshi
kurashish agentligi binosida, 20-dekabr kuni soat 15.00 da boshlanadi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi so‘rovnomani (https://forms.gle/FQej7R4voV9HJQAz6)
to‘ldirish so‘raladi. Roʻyxatdan o'tish joriy yilning 18-dekabr soat 16.00 ga
qadar davom etadi. Roʻyxatdan oʻtish ishtirokchilar soni belgilangan miqdorga yetganda
muddatidan oldin yakunlashi mumkin.
Murojaat uchun raqamlar: 71 2020402 (423)
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.