Barqaror rivojlanish taʼlimi sohasidagi YUNESKO va Yaponiya Hukumati mukofotining 2025-yil uchun tanlovi eʼlon qilindi
Barqaror rivojlanish taʼlimi sohasidagi YUNESKO va
Yaponiya Hukumati mukofotining 2025-yil uchun tanlovi eʼlon qilindi. Ushbu
mukofot tanlovida ishtirok etish uchun Barqaror rivojlanish taʼlimini keng
targ‘ib qilishga va rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan taniqli olim,
olimlar guruhi yoki muassasa nomzodi tavsiya etilishi mumkin. Har bir
aʼzo-davlatdan tavsiya etiladigan nomzodlar soni 3 nafar etib belgilangan.
Mukofot miqdori 150 ming AQSH dollarini tashkil etib, uch
nafar laureat o‘rtasida teng taqsimlanadi. Hujjatlarni to‘ldirish bo‘yicha
batafsil maʼlumot bilan https://en.unesco.org/prize-esd
veb-sahifasi orqali tanishish hamda ushbu havola
orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Arizalar onlayn tarzda 2025-yil 14-aprel
kuniga qadar quyidagi havola orqali to‘ldirilishi lozim:
https://unesco.sharepoint.com/sites/committees/ESD-Prize/
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari (tegishli maʼlumotlar ilova qilinadi) ingliz yoki fransuz tilida to‘ldirilib, tegishli materiallar (fotosurat va videolavhalar) bilan birga joriy yil 6-aprel kuniga qadar Vazirlikning Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasiga yuborilishi lozim. O‘z navbatida, Vazirlikka kelib tushgan anketalar so‘nggi qaror qabul qilish uchun YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga yuboriladi.