“Bir talabaga – bir loyiha” akseleratsiya dasturi doirasida chiqindilarni qayta ishlash loyihalari taqdim etildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Bir talabaga – bir
loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturida Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti talabalari innovatsion g‘oyalarga asoslangan loyihalarini taqdim
etdilar.
Arxitektura fakulteti 3-21Ao‘ guruh talabasi Xamroyeva M.A. “Toshkent
viloyati, Oxangaron tumani uchun chiqindilarni qayta ishlash korxonasi
loyihasi” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Unda tumanning iqlimi va demografik
sharoitlaridan kelib chiqib, zamonaviy texnologiyalar asosidagi korxona
loyihasi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talaba Xolbekov A.O. “Toshkent viloyati uchun chiqindilarni
qayta ishlash korxonasi” loyihasi bilan ishtirok etdi va o‘z ishlanmasini
universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga taqdim etdi.
Taqdimotlarda ishtirokchilar tomonidan loyiha yuzasidan taklif va
fikrlar bildirildi.