Bitiruvchi talabalarning “Bitiruv malakaviy ishi” himoyasi tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Qurilish va atrof-muhit muhandisligi” kafedrasi tomonidan – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi  hamda – Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi talabalarning Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi oldida “Bitiruv malakaviy ishi” himoyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda soha korxonalari vakillari ham ishtirok etdi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasiga Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori, texnika fanlari doktori, professor Aziz Abdulazizovich Baxodirov raislik qildi.

Komissiya raisi o‘z nutqida himoya qilinayotgan bitiruv ishlarining dolzarbligi va ularning amaliy ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, zamonaviy qurilish sanoatida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ekologik muammolarni bartaraf etishdagi innovatsion yondashuvlar, ushbu sohalarda yosh mutaxassislarning tutgan o‘rni va ularning salohiyatini yuksak baholadi.