Bitiruvchi talabalarning “Bitiruv malakaviy ishi” himoyasi tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti
"Shahar infratuzilmasi" kafedrasi bakalavriat bosqichi talabalari
"Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va
boshqarish" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlarini
"O‘zshaharsozlikLITI" davlat muassasasi bazasida muvaffaqiyatli
himoya qildilar.
Mazkur himoya universitetning malakali professor-o‘qituvchilari, ilmiy
rahbarlar, sohaga aloqador mutaxassislar hamda kafedra vakillaridan iborat
komissiya a’zolari ishtirokida tashkil etildi. Talabalar o‘z bitiruv
loyihalarida zamonaviy arxitektura, shaharsozlik, barqaror rivojlanish, yo‘l
muhandisligi hamda innovatsion yondashuvlarga asoslangan konsepsiyalarni taqdim
etdilar.
Har bir loyiha komissiya a’zolari tomonidan dolzarbligi, ilmiy-innovatsion yangiligi va amaliy ahamiyati nuqtai nazaridan batafsil tahlil qilindi. Himoya jarayonida talabalar o‘zlarining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, mustaqil tadqiqot olib borish va muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish borasidagi salohiyatlarini isbotladilar.